Hisor davlat qo‘riqxonasi: Ulug‘ lola – Tupila oritdiodis
19.
05. 2020
17:10
6360
News

Ulug‘ lola O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan noyob o‘simlik hisoblanadi. Ulug‘ lola Hisor davlat qo‘riqxonasi hududining G‘ilon, Miraki, Tanhozdaryo va Qizilsuv soylarida uchraydi.

Bu o‘simlikning bo‘yi 12-20 sm, ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozining aylanasi 2,5 – 3 sm atrofida bo‘ladi. Piyozining ustki qismi qoraqo‘ng‘ir yupqa qobiq bilan qoplangan. Ushbu o‘simlik Tanhozdaryoning Qayrag‘ochli soyi tekisliklarida aniqlangan. Ulug‘ lola asosan may oyining boshlarida gullaydi va iyun oyining boshlarida hazonrezgi davri kuzatiladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

Useful resources