Surxondaryo viloyati: Xonadonlardan birida «Qizil kitob»ga kiritilgan «Olakuzan» topildi
28.
04. 2020
10:20
6645
News

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga joriy yilning 27 aprel kuni Termiz tumani «Qahramon» mahallasi raisi telefon orqali mahallasidagi xonodonlardan biriga antiqa hayvon kirib qolganligini haqida habar berdi.

Termiz tuman inspektsiyasi inspektorlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi va ushbu noyob hayvon «Qizil kitob»ga kiritilgan «Olakuzan» ekanligini aniqlandi.

Ushbu «Olakuzan»ni Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Termiz hayvonot bog‘iga topshirishdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources