E’lon:  Baliqlarni urchish davrida ovlash ta’qiqlanadi!
16.
04. 2020
21:07
5852
News

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tabiiy suv havzalarida sanoat maqsadida baliq ovlash quydagi muddatlarga binoan:

– Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10 martdan 31 mayga qadar;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorzam viloyati suv xavzalarida 25 apreldan 10 iyunga qadar;
– Boshqa barcha suv havzalarida 16 apreldan 31 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash ta’qiqlanadi.

Shunga ko‘ra, baliqlarning urug‘ qo‘yish mavsumida viloyat hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida sanoatbop baliq ovlanishini qat’iyan ta’qiqlanadi, brokonerlarga qarshi kurashish kuchaytirilib, motorli qayiqlarning suvga tushirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va sport-havaskorlik baliqchilar tomonidan kichik hajmli kemalardan motorsiz ravishda qarmoqlardagi tutgichlar (ilmoqlar) soni 5 tadan oshiq bo‘lmagan holda ovlanishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources