Chiqindilarni belgilangan joyga tashlang – jarima!
10.
04. 2020
18:01
5733
News

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Termiz shahar inspektsiyasi tomonidan reydlar o‘tkazilib, unda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan shaxslar «ushlanmoqda». Huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Termiz shahar inspektorlari tomonidan «A.Navoiy» mahallasida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida fuqaro B.M. chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatib qolindi. Huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jarima qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources