![](/uploads/2020-03-30_1750main.jpg)
Navoiy viloyati Navbahor tumani «Yangiqo‘rg‘on» mahalla xududidagi «Maxmudjon yoshlar kelajagi» MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodida g‘ishtni pishirish uchun yoqilg‘i sifatida tabbiy gazdan foydalanilgan. Ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tilishi munosabati bilan chiqindi gazlari miqdori va tarkibi o‘zgarganligi aholi tomonidan haqli e’tirozga sabab bo‘lmoqda.
Muammoni bartaraf qilish maqsadida korxona tomonidan qo‘lbola usulda ventilyatsiya tizimini yangilash, yoqilg‘i yoqish jarayonini o‘zgartirish kabi tadbirlar bajarildi, lekin ko‘zlangan maqsadga erisha olmadi.
Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmaga asosan hozirgi kunda mavjud ventilyatsiya tizimini va mo‘rini almashtirish uchun Xitoy Respublikasidan shartnoma asosida zamonaviy ventilyatsiya tizimi va balandligi 40 m bo‘lgan mo‘ri trubalar keltirildi.
Korxona 2020 yilning 31 martidan boshlab ventilyatsiya tizimini yangilash va mo‘ri trubalarini o‘rnatish uchun faoliyatini vaqtincha to‘xtatganligini ma’lum qildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati