Toshkent: daraxtlar tag qismi beton qoplamalardan ozod etildi
19.
03. 2020
16:56
5732
News

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining @EcoControl_bot ga (http://t.me/EcoControl_bot) joriy yilning 18 mart kuni Mirobod tumani S.Azimov ko‘chasida yashovchi fuqaro Elena Shugay tomonidan daraxtlarning tag qismi beton qoplamasi bilan qoplanganligi to‘g‘risida shikoyat kelib tushdi.

Mirobod tuman davlat inspektsiyasi va tuman obodonlashtirish xodimlari bilan joyiga chiqib daraxtlarni tag qismlari beton qoplamalardan ozod etildi.


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources