Yangi tayinlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi OAV vakillari bilan uchrashadi
07.
03. 2020
18:56
8615
News

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 martdagi farmoni bilan Shavkatjon Abdurazakov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinladi.

Ayni vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi hamda unga muvofiq ravishda strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyati 2020 yil 10 mart kuni soat 15-00 da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga barcha OAV, jamoatchi tashkilotlar vakillari hamda blogerlarni taklif etadi.

Tashrif buyurganlar sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar yuzasidan fikr bildirish, muammolar hamda ularni hal etish yuzasidan takliflarni berish imkoniga ega bo‘ladilar.

Uchrashuv Toshkent shahri, Yashnabod tumani, To‘ytepa 2a uyda joylashgan Davlat ekologiya qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources