Jizzaxda 169 ta noqonuniy chiqindixona yo‘q qilindi
10.
12. 2019
11:08
6025
News

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining to‘qqiz oylik faoliyati yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma’lumot berildi.

Biroq o‘zimiz yashayotgan hududni toza saqlashga beparvolik, mas’uliyatsizlik bilan qarashimiz tufayli yo‘l chetlarida, ko‘cha-ko‘ylarda suv havzalarida paydo bo‘layotgan noqonuniy chiqindixonalarning barchasi bartaraf etildi, degani emas. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari tomonidan yilning o‘tgan davrida jami 214 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi. Ularni bartaraf etish, yangilarining oldini olish ishlari davom etmoqda.

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi huzurida viloyat «Toza hudud» DUK va uning tuman-shahar filiallari tuzilib, ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanayotgani chiqindilarni chiqarib ketishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholi hududlari va jamoat joylarining tozalik, sanitariya holatini yaxshilash imkonini bermoqda.

Viloyatda «Toza hudud» DUK, uning shahar va tuman bo‘limlarida 84 ta chiqindi tashuvchi maxsus mashina mavjud. Joriy yilda byudjet malag‘lari hisobidan korxonaga 14 ta yangi maxsus texnikalar sotib olindi.

Biroq korxonaning moddiy texnik bazasi hozircha viloyat hududini to‘liq qamrab olish uchun yetarli emas. Hozirda mavjud texnikalar viloyat aholisining 51 foiziga xizmat ko‘rsatmoqda.

Yilning o‘tgan davrida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyalari va tarmoq bo‘limlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida huquqbuzarlarga nisbatan 1 ming 230 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar jami 1 milliard 114 million 300 ming so‘mlikdan ortiq jarimaga tortilgan.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources