Axborot texnologiyalarinini joriy etish orqali yoshlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish;
Ta’lim dargohlarida o‘quvchi-yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga qaratilgan to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish;
Aholining, xususan, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni maktab-mahalla kesimida tashkil etib borish;
Hududda “Yashil makon” umummilliy loihasida doirasida keng jamoatchilik ishtirokida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Axborot texnologiyalarinini joriy etish orqali hududning maishiy chiqindilardan tozaligini ta’minlashga xizmat qiladigan elektron xaritani yaratish;
Hududda IT sohasini rivojlantirishni jadallashtirish, yoshlarning raqamli texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish;
Ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish kabi masalalarini o‘z saylovoldi dasturiga kiritgan.