Kunmin ostonasida
11.
02. 2022
11:28
4127
Event

Joriy yilning aprel-may oylarida Xitoyning Kunmin shahrida Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya tomonlarining 15-Konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi vakillarining ishtiroki rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekovning Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya Ijrochi kotibi o‘rinbosari Devid Kuper bilan videokonferents-aloqa shaklidagi muzokaralari tashkil etildi.

Onlayn uchrashuv O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasi rahbari B. Ibragimov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida xorijiy tomonga O‘zbekiston Hukumati tomonidan bioxilma-xillikni asrash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va boshqarish, Orol dengizi qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Muhokamalar davomida tomonlar Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va uning tadbirlarida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Konventsiya tomonlarining keyingi Konferentsiyalaridan birini hamda boshqa organlarining yig‘ilishlarini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyati muhokama qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources