Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari va IIB xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan navbatdagi reyd davomida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslar voqea joyida ushlandi.
Mo‘may daromad topish ilinjida tabiatga katta miqdorda zarar keltirayotgan bu huquqbuzarlarga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi. Saksovulni yo‘lga ag‘dargan holda hushyor inspektorlarga chap berib, juftakni rostlamoqchi bo‘lgan brakonerlar atrof-muhit muhofazasi ishonchli qo‘llarda ekanini unutgani quyidagi VIDEOLAVHAda aks ettirilgan.
Jarayonni tomosha qilishning o‘zi hammasini oydinlashtiradi.
Davlat ekologiya ?o‘mitasi
Matbuot xizmati