![](/uploads/2020-11-16_1248main.jpg)
2020 yil 13 noyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda UzWaterAware loyihasi doirasida o‘tkazilgan «Tabiat vaqti: inson, atrof muhit va bioxilma-xillik» mavzusidagi video roliklar tanlov yakunlari umumlashtirilib, g‘oliblar taqdirlandi.
Tanlov uchta nominatsiyada o‘tkazilib Suv resurslarini muhofaza qilish nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy universiteti talabasi Abdullaeva Dildora, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha Asadullina Anna hamda atrof muhit bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Abdukadirova Madina, Eldor Ruziev, Shaxzod Alijonov tanlov g‘oliblar sifatida sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
|
|
|
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati