Markaz faoliyati

«Eko-Energiya» ilmiy tadbiq etish markazi (ITEM) O‘zbekistonda elektr energiya va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bilan bog‘liq atrof-muhitni ifloslanishining oldini olish bo‘yicha faoliyat olib boradigan etakchi korxonalardan biri hisoblanadi va ulardan foydalanish, amalda tadbiq qilish yo‘llarini topish uchun o‘z faoliyatiga yo‘naltirilgan konsalting xizmatlarini taqdim etadi. Atrof muhitni muhofaza qilish va qazilma yoqilg‘i resurslarini tejash maqsadida qayta tiklanadigan energiya manbalarining amaliyotga tadbiq etish, shuningdek, baholash va ekspert xizmatlarini davlat va xususiy sektor korhonalarida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 avgustdagi 03/21-28-sonli qarori bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2005 yil 23 avgustdagi 59-1-son qarori asosida tashkil etilgan. Markazning muvaffaqiyati - ochiqlik va shaffoflik, davlat manfaatlariga sodiqligini va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarida zarur bo‘lgan ishonch va bilimlarni mustahkamligida.

«Eko-Energiya» ITEM o‘z faoliyatida ilmiy va innovatsion yondashuvni yaratish va qo‘llab-quvvatlashda yetakchi hisoblanadi va qayta tiklanadigan energetika, iqtisodiy va moliyaviy tahlil, trening, bu sohada huquqiy masalalar bo‘yicha konsultantsiya, biznes strategiyasi va siyosati masalalari bo‘yicha katta tajribaga ega.

Markaz qayta tiklanuvchi energiya manbalari ekologik texnologiyalarini ilmiy jihatdan ishlab chiqishni va joriy etishni birlashtiruvchi, shuningdek konsalting xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir.

«Eko-Energiya» ITEM mahalliy bozorda xususiy va biznes kompaniyalariga amaliy yordam ko‘satishda ko‘p yillik tajribaga ega. Mahalliy professionallar tajribasi bozorning chuqur tushunchasini bugungi raqobatbardosh bozorlarda biznesning farovonligini ta’minlashga qaratilgan texnik jihatdan ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish bilan birlashtiradi.

«Eko-Energiya» ilmiy tadbiq etish markazi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshidagi davlat unitar korhonasi hisoblanadi.


O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda va yuqori sifatli ishlarni olib borishda uzoq muddatli kasbiy faoliyat Markazga xalqaro moliya muassasalari va bozor ekspertlarining beqiyos obro‘si va e’tirofini taqdim etdi. O‘n yillik tajriba natijalariga ko‘ra, markaz ishonchli tashkilotlarning reytingiga kiradi va bir qator etakchi mahalliy korxonalar va O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlarining loyihalari uchun doyimiy mijoz hisoblanadi.

Markaz xodimlari kichik quyosh energiyasi qurilmalari va ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashuvi uchun energetik hisoblashni amalga oshirdi. Mamlakatning turli mintaqalari uchun quyosh nurlari va quyoshning umumiy miqdori bo‘yicha iqlimiy ma’lumotlar to‘plandi va qayta ishlandi.

Passiv quyosh issiqlik va issiq suv ta’minoti tizimlarining iqtisodiy va ekologik samaradorligini hisoblash metodikasi, shuningdek, ob’ektlarning joriy holati va istiqbolli elektr ta’minoti bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan.

«Eko-energiya ilmiy tadbiq etish markazi - qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan uskunalarni joriy etishni emas, balki iste’molchilarning energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tashkilot bo‘lib, energiya manbalaridan foydalanadigan energiya manbalaridan foydalanishni o‘z ichiga olmaydi.