Namangan viloyati: Tungi reydlar davom etmoqda
27.
11. 2019
22:47
6189
Yangiliklar

Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektsiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tungi reydlar o‘tkazildi.

Unda Uychi tumanidagi «Hurriyat», «Xizrobod», «Yangier» mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari aniqlandi. 

Reyd davomida 3 nafar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, Chust shahri, Ipak yo‘li ko‘chasida 1 nafar, Norin tumani, Haqulobod shahrida 1 nafar fuqaro ham belgilanmagan joyga chiqindilarni tashlayotgan vaqtga to‘xtatib qolindi. Ularga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, eng kam ish haqining yarim barobari miqdorida jarimalar qo‘llanildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Yodingizda bo‘lsin: tozalanadigan emas, ifloslantirilmaydigan joy pokiza bo‘ladi.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Foydali manbalar