Murojaat ijobiy yechim topdi
25.
11. 2019
13:54
6079
Yangiliklar

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat Jondor tuman inspektsiyasi xodimlari tomonidan holat joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.

Natijada Jondor shahar posyolkasi «Zarafshon» mahalla fuqarolar yig‘ini Mahmud Torobiy ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lning o‘ng va chap himoya zonalarida joylashgan qor va yomg‘ir suvlarining yig‘ilishi uchun mo‘ljallangan latoklar chiqindilarga to‘la ekanligi aniqlandi.

Mahalla fuqarolarining so‘zlariga ko‘ra, yog‘ingarchilik mavsumida lotok chiqindiga to‘lgani bois, suv ariqqa oqmay yo‘llarga toshadi. Bu esa fuqarolarning harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ba’zida bu yo‘llardan yurishning imkoni bo‘lmaydi. Mazkur holat fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Mazkur qattiq va maishiy chiqindilar, asosan yo‘l yoqasida faoliyat yuritayotgan savdo hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari egalari hamda yo‘ldan o‘tib-qaytuvchi ayrim fuqarolar tomonidan tashlangan.

Ushbu holat viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tashabbusi bilan «Toza hudud» DUK Jondor tuman filiali, Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman yo‘l idorasi xodimlari ishtirokida bartaraf etildi, hududdagi latoklar chiqindilardan tozalandi.

Shu bilan birga, boshqarma davlat inspektorlari tomonidan yo‘l yoqasida faoliyat yuritayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari egalariga ogohlantirish berildi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar