Toshkent viloyati yo‘llarida yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi
14.
11. 2019
09:44
6068
Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligi va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorligida Toshkent shahri va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘lovchi 4R 12 Bektemir—Chorbog‘ avtomobil yo‘llari yoqasiga tajriba tariqasi chiqindilar tashlash uchun 4 ta joy ajratilib, bu joylar maxsus idishlar bilan jihozlandi. Bu haqda Daryo.uz sayti xabar berdi.

Yana, Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, haydovchilarga chiqindi tashlash uchun joy borligi to‘g‘risida axborot berish maqsadida 6.15 «Chiqindi yig‘ish» yo‘l belgisi o‘rnatildi.

Ma’lumot uchun, avtotransport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 123-moddasiga asosan huquqbuzarlik hisoblanadi va uni sodir etgan shaxs eng kam ish haqining beshdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bektemir «Sharq» postidan Angren shahri orqali Qamchiq dovoning Namangan viloyati chegarasigacha bo‘lgan A 373-a yo‘lining chetlariga 17 ta joyga jami 34 ta 6.15 «Chiqindi yig‘ish» va 17 ta 7.2.1 «Ta’sir oralig‘i» yo‘l belgilari hamda 25 ta chiqindi konteynerlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar