Himmat qilaylik!
22.
10. 2019
12:25
5707
Yangiliklar

Joriy yilning 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari o‘z tashabbuslariga ko‘ra, yuzdan ziyod xodim bilan paxta dalalariga chiqishdi.

Dam olish kunlarida paxtakorlarga ko‘maklashishni niyat qilgan xodimlar Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanida bo‘lishdi.

Aytish kerakki, barcha mintaqalarda tashkil etilayotgan bunday terimlarda, terimchilar uchun yetarli sharoitlar yaratilib, terilgan har kilogramm paxta hosili uchun hisob-kitob ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Faol terimchilar muntazam rag‘batlantirib borilmoqda.

Ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda o‘tgan mehnat zamirida tashabbuskor terimchilar tomonidan 4,2 tonna paxta hosili terib olindi.


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar