Guliston: Maishiy chiqindilar uyumiga barham berilmoqda
30.
09. 2019
16:14
6286
Yangiliklar

Bugungi kunda, Respublikada 221 ta maishiy chiqindi poligonlari mavjud bo‘lib, ularning 135 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi PQ–2916-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi balansiga qabul qilingan.

Shunga muvofiq, mavjud poligonlarni rekultivatsiya qilish va yangilarini qurish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Chiqindi poligonlarining atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sirlarini oldini olish va kamaytirish maqsadida, 2017 yilda 97 ta, 2018 yilda esa 100 ta poligon tartibga keltirildi.

Hozirgi vaqtda poligonlarda chiqindilarni tekislash, ko‘mish va rekultivatsiya ishlari «Toza hudud» DUKning mavjud maxsus texnikalari yordamida olib borilmoqda.

Xususan, bunga Sirdaryo viloyati, «Toza hudud» DUK Guliston shahar filialiga qarashli chiqindi ko‘mish poligoni yaqqol misol bo‘la oladi.

Poligonda ko‘mish deyarli ko‘plab mamlakatlar uchun standart bo‘lgan texnologiya bo‘yicha bajariladi: 2 metr balandlikdagi axlat uyumi ustidan 40 santimetr qalinlikda tuproq to‘kiladi, keyin yana 2 metr axlat tashlanadi va ustidan yana 40 santimetr tuproq tortiladi. Mazkur tuproq qatlamlari yonuvchan metanning tashqariga chiqishiga to‘sqinlik qiladi.

Ta’kidlab joizki, poligonda muntazam ravishda chiqindilar ustidan tuproq yotqizib, zichlab va belgilangan boshqa maxsus tadbirlarning bajarilishi, turli xavflarning oldini olishda ko‘mak beradi.

 



 

Foydali manbalar