Buxoro viloyat: Jondor tumanida mavjud yer qa’ri uchastkalaridan samarali foydalanilish borasida noqonuniy faoliyat aniqlandi
25.
09. 2019
19:30
5813
Yangiliklar

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Jondor tumani inspektorlari tomonidan ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida tumanning Navgadi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi Buxoro markaziy kollektorining muhofaza zonasida qator fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al  yuklab, tashib ketayotgan vaыtda davlat inspektorlari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Ushbu holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan MJtKning 70-moddasiga asosan qonuniy chora ko‘rish uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida jarima belgilandi hamda undirildi.

 

Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 



 

 

Foydali manbalar