Surxondaryo viloyati. Noqonuniy qum-shag‘al qazib oluvchilar javobgarlikka tortildi
19.
09. 2019
11:42
6507
Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Termiz tumani «Guliston» MFY Surxondaryosi bӯyida ӯtkazilgan navbatdagi tezkor reyd davomida daryo ӯzanidan qum xom ashyosini noqonuniy ravishda qazib olayotgan fuqaro Shonazarov O.K. xatti harakati o‘z vaqtida to‘xtatildi. Unga nisbatan daryo o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining, 70-1-modda bilan eng kam ish haqining o‘ttiz baravari (6.669.000 sӯm)  miqdorida jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 70-moddasi 1-qismida foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish,  shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish kabi qonunbuzarliklar ko‘zda tutilgan bo‘lib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Surxondaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar