Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
11.
09. 2019
15:32
6031
Yangiliklar

2019 yilning 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TICA Turkish Cooperation and Coordination Agency) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Chag‘lar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida TICA bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yangi bosqichga olib chiqish muhimligi qayd etildi. 

Shuningdek uchrashuvda, joriy yilning 25 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida BMT shafeligi ostida «Orolbo‘yi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilagan holda aniq loyihalar asosida va tizimli ravishda rivojlantirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
 

Foydali manbalar