Saylov - 2019: qonunchilikdagi yangiliklar
22.
11. 2019
13:31
5985
News

2019 yilning 22 noyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi  Adliya vazirligi bilan bilan hamkorlikda «Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi» doirasida «Saylov qonunchiligidagi yangiliklar» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda Qo‘mita tizimi xodimlari ishtirok etib, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdulxamid Omonov o‘z ma’ruzasida bugungi kunda saylov qonunchiligidagi yangiliklar, mazkur jarayonlarda  inson huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. 

Ta’kidlanganidek, bugun butun respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi. Ilgari har bir hududning o‘z lokal ro‘yxati asosida ish ko‘rilgan, natijada bir kishi bir necha uchastkadan ovoz berishi mumkin bo‘lardi. Ro‘yxat yagona bo‘lgani bois endi buning imkoni bo‘lmaydi, har bir saylovchining ovoz bergan-bermagani yagona bazada qayd etiladi. Shuningdek, butun oila nomidan bir kishi kelib ovoz berishi hollariga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 

Shuningdek, saylov uchastkalari haqida ma’lumotlar bir bazada jamlanadi. Har bir saylov uchastkasining joylashgan o‘rni, manzili elektron tarzda biz bazaga jamlanadi. Bu uchastkaga qaysi fuqarolar qarashi ham kiritiladi. Fuqarolar o‘z pasport ma’lumotlarini terish orqali qaysi uchastkaga va qaysi manzilga borishi kerakligi haqida osonlik bilan ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi.

Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun sharoitlar yaratiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ham teng huquqlilik asosida saylovlarda qatnashishi uchun ularning saylov uchastkalariga kelishi, transport masalasi, bino ichida erkin harakatlanish, alohida kabinalar, Brayl alifbosi asosidagi byulletenlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Jazoni o‘tash muassasalaridagi shaxslar ham saylovda ishtirok etadi. Avvalgi saylovlarda faqatgina qamoqda o‘tirgan, lekin hali sud hukmi chiqmagan, aybi to‘la aniqlanmagan shaxslargina saylovda ishtirok eta olgan.

Endilikda jazoni o‘tash muassasalaridagi jinoyati uncha og‘ir bo‘lmagan mahkumlarga ham o‘zining saylash huquqidan foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Abdulxamid Omonov so‘zi yakunida, bu yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan siyosiy voqelikda 20 million 600 ming saylovchining saylov uchaskalariga tashrif buyurib, o‘z konstitutsiyaviy burchini ado etishi kutilayotganligini ta’kidlab, barchani unda faol ishtirok etishga chorlab qoldi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources