G‘alladan bo‘shagan maydonga o‘t qo‘ymang, jarima to‘laysiz!
14.
11. 2019
09:54
6118
News

1 gektar maydondagi boshoqli don ekinlari poyasi somon va uning qoldiqlarining yoqib yuborilishi oqibatida atmosferaga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg. kul, 20 kg. is gazi kabi zararli moddalar tarqaladi.

Shu o‘rinda bir mulohaza. Boshoqli don yig‘ishtirib olingandan so‘ng ayrim fermer xo‘jaliklari rahbarlari va fuqarolar g‘alladan bo‘shagan maydonlardagi somon qoldiqlarini yoqib yuborishadi. Ana shunday kimsalar boshoqli don ekinlari poyasi – somonni yoqish orqali atmosfera havosiga zarar yetkazishayotganini, tuproq strukturasining buzilishiga sababchi bo‘lishlarini bilisharmikan?

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani «Hamidjon» fermer xo‘jaligi rahbari D.Ashirmatov o‘ziga qarashli bo‘lgan g‘allasi o‘rib olingan yer maydondagi somon poyalariga o‘t qo‘yib yuborilishiga yo‘l qo‘ygan.  Suratda aks etganidek, 2  gektar maydondagi somon poyasi yoqib yuborilgan. Natijada tuproq unumdorligiga keltirilgan zarar 1°393°624 so‘mni tashkil etdi. Huquqbuzar D.Ashirmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 88-moddasi 3-qismiga asosan 2°230°000 miqdorida jarima qo‘llanildi.

Eslatib o‘tmoqchimiz, boshoqli don ekinlari somon poyalari va uning qoldiqlarini yoqib yuborilishiga yo‘l qo‘ygan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi 3-qismi bo‘yicha eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 5 barobarigacha, yuridik shaxslarga esa 5 barobaridan 10 barobarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Shunday ekan, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga somon qoldiqlarini yoqmaslik o‘z sog‘ligimizni saqlash va barcha tirik mavjudotlarni asrab-avaylashga hamda tabiatimizni musaffo saqlash uchun asosiy omil bo‘lishini unutmasligimiz kerak!

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources