Navoiy viloyati:  Noqonuniy qum-shag‘al qazilishi aniqlandi
14.
10. 2019
19:58
5955
News

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Karmana tuman inspektsiyasi inspektorlari tomonidan joriy yilning  oktyabr oyida Karmana tuman hududida atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan ekologik reyd o‘tkazilganda qonun buzilish holati aniqlandi.

Inspektorlar tomonidan «Nurafshon» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan qum-tosh yuklovchi ekskavator kovlab yuklayotganligi aniqlandi. Mazkur holat bilan O‘zbekiston Respublikasi «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi  qonunning 52-moddalari talablari buzildi.

Ushbu fuqaroga MJtKning  70-moddasi 1- qismi bilan javobgarlikka tortilib, 2 mln 300 ming sum ma’muriy jarima qo‘llanildi.

 




Useful resources