Qaror ijrosi ta’minlanmoqda
25.
09. 2019
12:56
5585
News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida «Toza hudud» DUK avtotransport vositalarini saqlash uchun garajlar, maishiy chiqindilarni vaqtinchalik saqlash shoxobchalari va yangi poligonlar qurilishi uchun o‘rnatilgan tartibda yer ajratib berish ishlarini amalga oshirish belgilangan edi.

Qarorga muvofiq, so‘nggi ikki yil mobaynida sohada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida byudjet mablag‘lari hisobiga avtogaraj qurib bitkazildi. Ularning zamon talablariga muvofiq ravishda qurilgani ayni muddao bo‘ldi. Tuman aholisi uchun yana bir qulaylik yaratildi.

Bugungi kunda «Toza hudud» DUK uchun 74 ta ma’muriy bino, avtogarajlar hamda 29 ta chiqindi yig‘ish maydonlarini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

«Toza hudud» DUK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasi qisqa vaqtda ko‘rina boshladi. Chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmoqda. Yo‘l chetlari, turli korxona, tashkilot va muassasa hovlilari «tasodifiy chiqindixonalar»dan tozalanmoqda. Demak, maishiy chiqindilarni to‘plash va tashib ketish xizmatini ko‘rsatish samaradorligi tobora oshmoqda.

Albatta, bularning barchasi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarini yaratish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, shahar va qishloqlarning obod va ko‘rkam bo‘lishiga qaratilgan.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



Useful resources