Buxoro viloyat: Buxoroda saksovulni beayov kesganlar qo‘lga olindi
16.
09. 2019
19:57
5622
News

2019 yilning 2 sentyabr kuni Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari, Shofirkon Davlat O‘rmon xo‘jaligi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor ekologik reyd tadbiri natijasida T-28 traktorining 2 ta tirkamasida saksovul o‘simligining noqonuniy tarzda tashib ketilayotganligi aniqlandi.

Ushbu sodir etilgan qonunbuzarlik yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, transpotr vositasi Shofirkon tuman jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirildi.

Huquqbuzarlik Vardonze MFY Vardonze qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.D. tomonidan sodir etilgan bo‘lib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘rsidagi Kodeksning 79-modda 1-qismi qo‘llanlib, ma’muriy jarima undirildi. Noqonuniy kesilgan saksovullar o‘rmon fondi yerlaridan kesilganligi inobatga olinib, yetkazilgan zarar o‘rmon xo‘jaligi hisobiga undirildi.


Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 



 

Useful resources